RJ-45 ulagichlari
Artikul: P-0295377 Sotuvda mavjud- To'lov: Naqd, Pul o'tkazish, UzCard terminal, HUMO terminal
- Yetkazib berish: Bepul yetkazib berish, Standart yetkazib berish, Tezkor yetkazib berish
Ulagichlar (raz’yomlar) mis bir tomirli kabellarni patch-kordlar ishlab chiqarishda, shuningdek, mis aloqa liniyalarini qurishda uchlarini ulash uchun mo‘ljallangan.
RJ qisqartmasi «Registered Jack» («Standart rozetka») degan ma’noni anglatadi va «Universal Service Ordering Codes» («Xizmatlarni tasniflash universal kodlari») umumiy nomi ostida yuritiladigan hamda USOC telekommunikatsiya interfeyslarini ulash sxemalari oilasini tavsiflovchi konfiguratsiyalarga tegishlidir.
Ulagichlar oddiy konstruksiyaga ega bo‘lib, korpus, kontaktlar guruhi va kabel kirish qismidan tashkil topadi.
- Korpus shaffof polikarbonatdan ishlab chiqariladi va keng harorat diapazonida foydalanishga mo‘ljallangan, shuningdek, ulagichni ulanadigan uskunada ishonchli mahkamlashni ta’minlaydigan maxsus qulflash moslamasiga ega.
- Kontaktlar guruhi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega metallardan ishlab chiqariladi. O‘tkazuvchanlikni yaxshilash maqsadida kontaktlar qo‘shimcha ravishda turli qatlamdagi qimmatbaho metallar bilan qoplanadi. Vazifasiga qarab ulagichlarda turli miqdordagi kontaktlar mavjud.
Ulagichlar ekranlangan / ekranlanmagan, insertli / insertsiz ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi.
- Ekranlangan raz’yomlarning konstruksiyasi ekranlanmagan raz’yomlardan farqli ravishda kabel ekraniga ulanadigan metall korpusga ega bo‘lib, ekranlangan uskunalar bilan ishlash imkonini beradi.
- Insertsiz ulagichlarda kabelning ulanish sxemasi bevosita raz’yomning o‘zida amalga oshiriladi, shundan so‘ng maxsus asbob yordamida siqib mahkamlanadi. Insertli ulagichlarda esa, aksincha, ulanish sxemasi raz’yomga joylashtiriladigan maxsus insertda amalga oshiriladi va shundan keyingina siqib mahkamlash bajariladi.
Ulagichlarning konstruksiyasi va elektromexanik parametrlari tegishli IEC standartlari talablariga javob beradi. Buyurtma berish uchun ulagichlarning bir nechta turlari mavjud (Qo‘shimcha tavsif yorlig‘iga qarang).
SNR mis komponentlari kompleks strukturaviy kabel tizimi SNRning tarkibiy qismi bo‘lib, uzoq vaqtdan beri har qanday miqyosdagi mahalliy axborot tarmoqlarini qurish uchun, ayniqsa, narx/sifat nisbati bo‘yicha a’lo yechim sifatida o‘zini namoyon qilgan.
Naqd
нақд пул оркали
Pul o'tkazish
пул ўтказиш йўли билан
UzCard terminal
картага ўтказиб бериш
HUMO terminal
Terminaldan olib tashlash
Bepul yetkazib berish
Bepul yetkazib berish
-
Yetkazib berish narxi
Bepul
-
Yetkazib berish hududi
O'zbekiston: barcha hududlar
Standart yetkazib berish
Standart yetkazib berish
-
Yetkazib berish narxi
Pullik: 50 000 сум
-
Yetkazib berish hududi
O'zbekiston: barcha hududlar
Tezkor yetkazib berish
Tezkor yetkazib berish
-
Yetkazib berish narxi
Bepul
-
Yetkazib berish hududi
O'zbekiston: barcha hududlar